Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Texaslik yer egalari Trampni sudga berdi

Texaslik yer egalari Trampni sudga berdi

Texaslik uch nafar zamindor va Frontera Audubon tashkiloti AQSh Prezidenti Donald Trampni sudga berdi. Iste’molchilar huquqini himoya qilish notijorat tashkiloti Public Citizen bu ishda ularga yordam ko‘rsatdi.

Vesti.ru ning yozishicha, texaslik yer egalari Trampni sudga berishiga AQSh Meksika devori sabab bo‘lgan. Boisi da’vogarlar yerida chegara devori qurilishi kutilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Trampning mamlakat bilan Meksika chegarasida favqulodda holat e’lon qilingan zahoti sudga da’vo arizasi kiritilgan.

OAV tahliliga ko‘ra, Trampning chegarada favqulodda holat e’lon qilishi chegara devori uchun byudjetdan ajratiladigan mablag‘ miqdorini 8 milliard dollarga yetkazish imkonini beradi. AQSh Prezidenti shu yo‘l bilan devor qurilishini tezlashtirish niyatida.

Biroq, da’vogarlar fikricha, Tramp favqulodda holat e’lon qilib, o‘z konstitusiyaviy vakolatlarini oshirib yuborgan.

Kiritildi: 15:53 16.02.2019. O'qildi: 1789 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!