Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Texasdagi otishmada uch kishi halok bo‘ldi

A A A
Texasdagi otishmada uch kishi halok bo‘ldi

Texasning Xaltom-Siti shahrida sodir bo‘lgan otishmada uch kishi, jumladan hujum qilgan shaxs halok bo‘ldi, to‘rt kishi yaralandi.

Bu haqda polisiyaga tayanib NBCFWD telekanali xabar bermoqda.

Yaralangan uch polisiyachi kasalxonaga yotqizilgan.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, hujum qilgan shaxs o‘z joniga qasd qilgan.

26 iyun kuni Amerikaning Takoma shahrida (Vashington) otishma natijasida sakkiz kishi yaralangani xabar qilingan edi.

Kiritildi: 14:42 03.07.2022. O'qildi: 2968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!