AQShning Texas shtatida kichik samolyotning qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN telekompaniyasi xabar berdi.
Samolyot dvigatelning ishlamay qolishi sababli qo‘nish paytida qulab tushgan. Oqibatida ikki erkak va ikki ayol halok bo‘ldi.
Samolyot Ostindan Luiziana tomon yo‘l olgan.
Transport xavfsizligi bo‘yicha milliy kengash o‘zining "Twitter"dagi sahifasida tergov olib borilayotganligini yozdi. Halokatga uchragan samolyot Piper PA-46 edi.