Bugun 26 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tesla aksiyalari o‘tgan yil so‘nggiga nisbatan ikki baravar arzonlashdi

Tesla aksiyalari o‘tgan yil so‘nggiga nisbatan ikki baravar arzonlashdi

Tesla sotuvlari butun dunyo bo‘ylab keskin ravishda pasaymoqda, AQShda esa kompaniya avtomobillari tobora ko‘proq vandalizm hujumlariga uchramoqda. Qo‘shma shtatlarning bir necha shaharlarida noma’lum shaxslar avtomobillar va uning quvvatlash stansiyalariga o‘t qo‘yib ketishdi. Bild nashriga ko‘ra, bunga sabab Ilon Maskning siyosiy karyerasi bo‘lishi mumkin.

"Odamlarda ushbu brendga bo‘lgan qiziqish tobora pasayib bormoqda. Bu Ilon Maskning hukumat ishlarida faollashishi va Tesla qiymatining pasayishiga oid xavotirlar bilan bog‘liq", — deydi avtomobil bozorini tahlil qiluvchi Edmunds kompaniyasi vakili Jessika Kolduell.

Hozirda amerika bozorlarida avtomobil xaridorlarining atigi 1,8% qismi Tesla sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Taqqoslash uchun, noyabr oyida bu ko‘rsatkich 3,3% edi. Tesla aksiyalari dekabr oyidan beri rekord darajada — 236 dollarga arzonladi.

Nashrning ta’kidlashicha, AQSh rasmiylarining Tesla kompaniyasi mahsulotini ommaviy targ‘ib qilish ishlari ham samarasiz yakunlanmoqda. Masalan, AQSh savdo vaziri Govard Lyutnik Fox News telekanaliga bergan intervyusida amerikaliklarga Tesla aksiyalarini sotib olishni tavsiya qilgan edi. Tramp esa o‘tgan dam olish kunlarida Ilon Mask bilan birga Oq uy oldida qimmatbaho Tesla bilan paydo bo‘ldi va hatto o‘ziga ham shunday mashina sotib olishini aytdi. Biroq bu sa’y-harakatlarga qaramay, kompaniya aksiyalari yana sho‘ng‘ishda davom etmoqda..

Kiritildi: 19:00 22.03.2025. O'qildi: 542 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!