Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Tesla 3800dan ortiq Cybertruck elektromobilini qaytarib oladi

Tesla 3800dan ortiq Cybertruck elektromobilini qaytarib oladi

“Tesla” kompaniyasi gaz pedalidagi nosozlik tufayli 3,9 mingga yaqin “Cybertruck” elektr pikaplarini qaytarib oladi, deya xabar berdi AQSh Milliy avtomobil yo‘llari xavfsizligi boshqarmasi .

Xabarga ko‘ra, gaz pedali yostiqchasi maksimal holatda qoplamaga yopishib qolishi va elektr transport vositasining haydovchi uchun kutilmaganda tezlashishiga olib kelishi mumkin. Kompaniya gaz pedali to‘plamini bepul almashtirishi yoki ta’mirlashini aytdi.

“Tesla” 2023 yil noyabridan beri sotilgan barcha “Cybertruck"ni chaqirib oladi.

Shuningdek, 2024-yil 17-apreldan keyin ishlab chiqarilgan barcha avtomobillardagi nuqson tuzatiladi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 05:25 25.04.2024. O'qildi: 1813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!