Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Termizda yangi yil archasi qulab tushdi

Termizda yangi yil archasi qulab tushdi

Kecha, 26 dekabr kuni Termiz shahrida Yangi yil uchun bezatilgan archa 20metr/sekund tezlikda qor aralash kuchli shamol tufayli qulab tushdi. Ushbu qulagan archa suratlari ijtimoiy tamroqlarda tarqaldi.

Termiz shahar hokimligining ma’lum qilishicha, hozirda archa karkasini ta’mirlash maqsadida demontaj ishlari olib borilmoqda.

"Tez fursatlarda yangi yil archasi ta’mirlanib, o‘z o‘rnida qaytib o‘rnatiladi va madaniy tadbirlar dastur asosida davom ettiriladi", deyilgan hokimlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, sal avval Farg‘onada bezatilgan katta archa yonib ketgani xabar qilingan edi.

Kiritildi: 07:30 27.12.2020. O'qildi: 3519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!