Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Termiz shahrida firibgarlik qilgan shaxslar jinoyat ustida qo‘lga olindi

Termiz shahrida firibgarlik qilgan shaxslar jinoyat ustida qo‘lga olindi

Termiz shahrida 2022 yil 25 mart kuni, Termiz tumanida yashovchi, D.Latifning (ism-shariflar o‘zgartirilgan) arizasiga asosan, 23 mart kuni Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Termiz shahrida yashovchi, Termiz tuman mas’ul idora vakili CH.Chori D.Latifning uy-joy hujjatlarini Termiz tuman mas’ul tashkilot xodimi, B.Bahodir orqali kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish uchun 4.500.000 so‘m talab qilib, ushbu pulni Termiz shahri hududida olgan vaqtida ushlangan.

Shu kuni B.Bahodir D.Latifni uy-joy kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish uchun CH.Choridan 4.500.000 so‘m pulni olgan vaqtida ushlangan.

25 mart kuni B.Bahodirga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi va 211-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan, CH.Choriga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 22:18 06.04.2022. O'qildi: 3592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!