Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Tergov Krokus Siti xolldagi terakt ishiga aloqador yana bir shaxsni hibsga olishni so‘ramoqda

Tergov Krokus Siti xolldagi terakt ishiga aloqador yana bir shaxsni hibsga olishni so‘ramoqda

Rossiya Tergov qo‘mitasi Krokus Siti xollidagi terakt bo‘yicha ish bo‘yicha to‘qqizinchi gumonlanuvchini hibsga olishni so‘ramoqda, deb xabar bermoqda Basmanniy sudi.

«Sudga tergov organidan Lutfulloi Nazrimodga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida iltimosnoma kelib tushdi», — deya «Interfaks»ga sud matbuot xizmati xabar berdi.

Krokusga qilingan hujum bo‘yicha tergov doirasida yana bir shaxsning hibsga olingani bir kun avval ma’lum qilingan edi.

«Terrorizmni moliyalashtirish sxemasiga aloqador yana bir gumonlanuvchi aniqlanib, qo‘lga olindi. Tergov sudga unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash haqida iltimosnoma kiritadi», — deyiladi Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.

Kiritildi: 18:50 29.03.2024. O'qildi: 1677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!