Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Tereza Meyga iste’fo tahdid solmoqda

A A A
Tereza Meyga iste’fo tahdid solmoqda

Britaniya parlamentidagi konservatorlar bosh vazir Tereza Meyni iste’foga chiqarishmoqchi. Bi-bi-si agentligi xabariga ko‘ra, 50 nafarga yaqin deputat uning Yevropa Ittifoqi bilan kelishuv borasidagi taklifidan g‘azablanishgan.

Hukumat rahbari 2019 yil martida yakunlanadigan Breksit jarayonidan keyin ham YEI bilan erkin savdo hududida qolish bo‘yicha taklif bildirgandi.

Konservatorlar partiyasi a’zolari, aksilevropa qarashlarga ega bo‘lgan deputatlar 11 sentyabr kuni o‘zaro uchrashishgan va Mey xonimning rejalarini muhokama qilishgan. Konservatorlar bosh vazirning rejasini halokatli deb atashgan.

Qayd etilishicha, bosh vazirning iste’foga chiqishi uchun 15 foiz parlamentariy (48 kishi) ishonchsizlik votumi bildirishi kerak bo‘ladi. Agentlik manbasi so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda bu masala muvofiqlashtirilmoqda hamda shu haftalarda bu masala kun tartibiga chiqadi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 15:20 12.09.2018. O'qildi: 1386 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik