Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Tennischilarimiz Qozog‘istonda g‘oliblikka asosiy da’vogar

Tennischilarimiz Qozog‘istonda g‘oliblikka asosiy da’vogar

Qozog‘istonda Xalqaro tennis federasiyasi tomonidan tashkil etilgan «SHYMKENT INTERNATIONAL COMBI» turnirida yosh tennischilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Musobaqa yakkalik bahslarining birinchi davrasida hamyurtimiz Maksim Shin hindistonlik Yuvan Nandalni har ikkala setda bir xil 6:2 hisobida taslim qildi va chorak final yo‘llanmasi uchun yana bir hind tennischisi Aryan Shah bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Qizlar o‘rtasidagi juftlik bahslarida esa Shahnoza Marimova va Dariya Shubina kabi tennischilarimiz ilk davrada hindistonlik Smriti Bhasin va Soha Sadiq tandemini 7:5, 6:3 hisobida taslim qildi. Endi Shahnoza va Dariya chorak finalda qozog‘istonlik Sandugash Kejiboyeva hamda neytral tennischi Kseniya Laskutova duetini sinovdan o‘tkazadi.

Kiritildi: 14:33 25.04.2024. O'qildi: 499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!