Bugun 23 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Tennischi Temur Ismoilovning 7 yilga diskvalifikasiya qilingani yuzasidan rasmiy bayonot

Tennischi Temur Ismoilovning 7 yilga diskvalifikasiya qilingani yuzasidan rasmiy bayonot

Bugun ko‘plab internet saytlarida o‘zbekistonlik tennischi Temur Ismoilovning kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani uchun 7 yilga sportdan chetlatilgani haqida xabarlar e’lon qilindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi axborot xizmatlari tomonidan izoh taqdim qilindi.

Temur Chingizovich Ismoilov 2013 yildan to 2017 yilgacha O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan. O‘sha yili oilasi bilan birga doimiy yashash uchun AQShga ko‘chib ketganligi sababli terma jamoa safidan chiqarilgan.

T.Ismoilov haligacha AQSh fuqaroligini olmagani bois bugungacha Xalqaro tennis federasiyasi (ITF) hamda professional tennischilar assosiasiyasi (ATR) tasnifiga kiruvchi musobaqalarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida qatnashib kelgan.

Bugun, 2020 yil 23 dekabr kuni tennis o‘yinlarini tekshirishga mas’ul bo‘lgan Tennis Integrity Unit tashkiloti T.Ismoilovning ITF hamda ATR tasnifidagi turnirlarda kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani uchun 7 yilga sportdan chetlatilgani haqidagi qarorini matbuotda e’lon qildi.

Xabarda ayni paytda Temur Ismoilov tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi sifatida ro‘yxatda turmasligi ma’lum qilindi.
 

Kiritildi: 21:47 23.12.2020. O'qildi: 2427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!