Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Telegram” messenjerida soxta “PUBG” akkaunt sotish bilan fuqarolarni aldab kelgan 20 yoshli shaxs qo‘lga olindi

“Telegram” messenjerida soxta “PUBG” akkaunt sotish bilan fuqarolarni aldab kelgan 20 yoshli shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shaharda yashovchi 19 yoshli I.H. murojaat qilib, o‘z arizasida telegram messenjerida “noma’lum shaxs” tomonidan 1.470.000 so‘m miqdoridagi pullari firibgarlik yo‘li bilan o‘tkazib olinganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi 20 yoshli E.A. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, E.A., I.H. bilan telegram messenjerida tanishib, unga “PUBG” onlayn o‘yinining kuchaytirilgan akkauntini sotishini aytgan va oldindan plastik kartasiga 1.470.000 pullarni o‘tkazdirib olib, kelishilgan akkauntni bermasdan, yozishmalarni o‘chirib yuborib, uni qora ro‘yxatga kirgazib qo‘yganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan E.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, M.I. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Kiritildi: 13:19 08.07.2024. O'qildi: 876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!