Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik odam “meros” olaman deb, o‘z uyini sotib, 90 ming dollarni firibgarlarga o‘tkazib berdi, degan video xabar tarqaldi.
Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi xodimi Hamroqulov Umidjon ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik fuqaro nigeriyalik firibgarlarning firibiga uchib, katta “meros”ga ega chiqish maqsadida o‘zi yashab turgan uyni sotib pulini soxta tanishiga o‘tkazib bergan.
Ma’lumotda aytilishicha, tuzoqqa tushgan odam hamon “katta meros”dan umidvor ekan.