Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tehronda talabalar va "Basij" kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi

Tehronda talabalar va "Basij" kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi

"X" ijtimoiy tarmog‘ida Tehronning nufuzli Sharif universiteti talabalari va "Basij" ko‘ngillilar qo‘shini vakillari o‘rtasidagi to‘qnashuv aks etgan lavhalar e’lon qilinmoqda.

Talabalar dekabr oyidagi keng ko‘lamli norozilik namoyishlari vaqtida "Basij" jangchilarining hujumi oqibatida halok bo‘lganlar xotirasini yodga olish uchun to‘planishgan.

"Basij" — ko‘ngillilardan tashkil topgan yarim harbiylashtirilgan tashkilot bo‘lib, uning a’zolari qonunlarga va diniy me’yorlarga rioya etilishini nazorat qiladi. Ushbu tuzilma Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) tarkibiga kiradi.

Kiritildi: 23:28 21.02.2026. O'qildi: 256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!