Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Tehron Vashington bilan yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishni “ma’nosiz” deb atadi

Tehron Vashington bilan yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishni “ma’nosiz” deb atadi

Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Bag‘oiy davlat telekanaliga bergan intervyusida, Tehron yakshanba kuni Ummonda Vashington bilan bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan yadro dasturiga oid muzokaralarda ishtirok etish bo‘yicha hali yakuniy qaror qabul qilmaganini aytdi. Shu bilan birga, Tehron Isroil Eronga Vashingtonning roziligi bilan hujum qilgan deb hisoblamoqda.

Bundan bir kun avval Eron TIV Isroilning hujumlari oqibatida bir necha yirik harbiy amaldorlar va yadro fiziklari halok bo‘lganini bildirib, bunday sharoitda muzokaralarni davom ettirish “mazmunga ega emasligini” ta’kidlagan edi.

Shu bilan birga, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Yevroittifoqning tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Kaya Kallas bilan suhbatda, Isroil o‘zining “vahshiyona harakatlarini” davom ettirayotgan bir paytda AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish “befoyda” ekanini aytdi.

Yakshanba kuni Ummonda Eron yadro dasturi bo‘yicha AQSh va Eron delegasiyalari o‘rtasidagi muzokaralarning oltinchi raundi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Unda Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan uchrashishi kutilayotgandi.

Kiritildi: 22:23 14.06.2025. O'qildi: 499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!