Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Tehron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish uchun Vashingtonga shartlar qo‘ydi

 Tehron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish uchun Vashingtonga shartlar qo‘ydi

Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir G‘olibof mazkur shartlarni ochiqladi.

"To‘liq o‘t ochishni to‘xtatish rejimi amal qilishi uchun Eronga qarshi dengiz blokadasi to‘xtashi, jahon iqtisodiyoti garovga olinmasligi va sionistlarning barcha frontlarda urushni avj oldirishi to‘xtatilishi kerak.

Sulh buzilgan vaziyatda, Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochib bo‘lmaydi. Yagona yo‘l — Eron xalqining huquqlarini tan olish", — deb yozdi G‘olibof X ijtimoiy tarmog‘ida.

Kiritildi: 22:07 23.04.2026. O'qildi: 323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!