Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Tbilisida Gruziya prezidentining kuyovi qo‘lga olindi

Tbilisida Gruziya prezidentining kuyovi qo‘lga olindi

ruziya ichki ishlar vazirligi Tbilisida mamlakatning amaldagi prezidenti Georgiy Margvelashvilining kuyovi Mindiya Gogochurini qo‘lga oldi. Bu haqda «Interfaks» ma’lumotiga asoslanib Daryo.uz nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Gogochuri inson salomatligiga putur yetkazganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan yana bir shaxs bilan birga qo‘lga olingan.

Ular noqonuniy ravishda qurol saqlaganlik va jinoyat haqida xabar bermaganlikda ayblanmoqda.

Gruziya prezidentining kuyovi bundan avval ham bir necha marta jinoiy ishlarga aloqador deb topilgan. Avvalroq, Tbilisida ikki marta unga hujum uyushtirilgan edi.

Joriy yilning iyul oyida u pichoqlangani sababli kasalxonaga yotqizilgan edi.

Manba: zamin.uz

Kiritildi: 06:51 07.12.2018. O'qildi: 1185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!