Tayvan harbiylari Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi (PLA) uchuvchisiz samolyoti yo‘nalishida o‘t ochdi.
Bu haqda Szinmen armiyasi mudofaa qo‘mondonligiga tayanib, orol markaziy axborot agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, dron Erdan oroliga yaqinlashgan va tayvanlik harbiylar jonli raketani otganidan so‘ng, dron orqaga burilib, Xitoyning qirg‘oq bo‘yidagi Fuszyan provinsiyasida joylashgan Syamen shahri tomon yo‘l olgan.
AQSh prezidenti Jo Bayden Kongressdan Tayvanga 1,1 milliard dollarlik qurol-aslaha, jumladan 60 ta kemaga qarshi raketalar va 100 ta havo-havo raketalarini sotishni ma’qullashni so‘rash niyatida, deb xabar berdi Politico avvalroq.