Ob-havo sabab turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi “Taxtaqoracha” dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilganligi haqida xabar bergan edik.
Tegishli choralar ko‘rilib, avtomobil yo‘li qordan tozalandi.
Ayni daqiqalardan boshlab dovonda barcha rusumdagi transport vositalarining harakatlanishi uchun ruxsat berildi.