Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Tatariston rahbari O‘zbekistonga keladi

Tatariston rahbari O‘zbekistonga keladi

Tashrif 10-11 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Rustam Minnixonov Shavkat Mirziyoyev, Bosh vazir Abdulla Aripov, turli idoralar rahbarlari bilan uchrashadi.

Bu haqda Sputnik muxbiriga Tatariston Respublikasining O‘zbekistondagi vakili Aydar Axtareev ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Minnixonov Qozon federal universitetining Jizzax viloyatidagi filiali ochilishida ishtirok etadi va Angren shahridagi BRZ shinalar zavodiga (Birinchi rezinotexnika zavodi) tashrif buyuradi.

Shuningdek, Chirchiq va Toshkent shaharlarida Rossiya mintaqasining 20 ta yirik kompaniyasi ishtirokida davra suhbati o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 13:47 07.10.2022. O'qildi: 1817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!