Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

“Tashkent city” direksiyasi: "Murod Nazarovning fikrlari asossiz"

“Tashkent city” direksiyasi: "Murod Nazarovning fikrlari asossiz"

“Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi direksiyasi, “Murad Buildings” kompaniyasi asoschisi Murod Nazarovning ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida ushbu hududda amalga oshirilayotgan qurilish ob’ektlarini xujjatlari tasdiqlanmaganligi haqidagi fikri yuzasidan ma’lumot berdi.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 avgustdagi “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3895-son qarori va 2018 yil 14 noyabrdagi “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5577 son farmoniga muvofiq “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlar markazi doirasida investorlar loyihalarni “fast-track” usuli (bir vaqtning o‘zida loyihalashtirish, xarid qilish va qurilish ishlari) bilan “tayyor holda topshirish” shartlarida amalga oshirishga ruhsat berilgan.

Shuningdek, mazkur ob’ektlarni loyihalashtirishda Yevropa ittifoqi, Turkiya, Koreya va Xitoy davlatlarining zamonaviy qurilish normalarini qo‘llagan holda ishlab chiqilib, mahalliy qurilish normalariga bosqichma bosqich muvofiqlashtirilgan (adaptasiya) holda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishmoqda.

“Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazida joylashgan “Xilton” mehmonxonasi va Kongress-xoll markazi 2019 yil dekabr oyida, “Gardens Residence”, “Boulevard” turar joy majmualari tegishlicha 2020-2021 yillarda o‘rnatilgan tartibda bosqichma-bosqich davlat qabul qilish dalolatnomasi asosida foydalanishga qabul qilingan.

“Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida amalga oshirilayotgan barcha qurilish ishlari Qurilish vazirligi va boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda shaharsozlik normalariga asosan olib borilishi nazoratga oliganligini ma’lum qilamiz.

Shuni alohida eslatib o‘tamizki, “Murod Building” kompaniyasi asoschisi Murod Nazarovning qurilishga ruhsat beruvchi xujjatlar yuzasidan bildirgan fikrlari xaqiqiy holatga to‘g‘ri kelmaydi va asossiz hisoblanadi".

Kiritildi: 18:49 09.06.2021. O'qildi: 2685 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!