Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

«Tashabbusli byudjet»ning yangi mavsumi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi​​​​​​​

«Tashabbusli byudjet»ning yangi mavsumi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi​​​​​​​

O‘zbekistonda «Tashabbusli byudjet» jarayonining 2026 yildagi ikkinchi mavsumi 15 iyuldan start oladi. Bu tizim joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘n birinchi mavsum bo‘ladi.

Yangi mavsum doirasida fuqarolar 15 iyuldan 3 avgustgacha o‘z loyihalarini kiritishi mumkin. 4-18 avgust kunlari loyihalar saralanadi, 19-21 avgust kunlari esa targ‘ibot bosqichi o‘tkaziladi.

Ovoz berish jarayoni 22-31 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. An’anaviy ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 1 sentyabr — O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi kuni e’lon qilinadi.

Shuningdek, 1-10 sentyabr kunlari qo‘shimcha g‘oliblarni aniqlash va e’lon qilish bosqichi ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 15:05 07.07.2026. O'qildi: 992 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!