Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tarkan O‘zbekistonda 143 ming dollar evaziga konsert berishdan bosh tortdi. Nega?

Tarkan O‘zbekistonda 143 ming dollar evaziga konsert berishdan bosh tortdi. Nega?

Turkiyalik taniqli qo‘shiqchi Tarkan OAVga unga 143 ming dollar olishi mumkin bo‘lgan konsertdan nega bosh tortganini ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, xonandaning konserti O‘zbekistonda rejalashtirilgan edi, dastur uchun tashkilotchilar unga 143 ming dollar pul taklif qilgan. Tarkanning konsertdan voz kechishi esa rezonansga sabab bo‘ldi va u shundan keyin buning sababini tushuntirishiga to‘g‘ri keldi.

“Mening rad etishim na mamlakat bilan, na to‘lov bilan va na mening kayfiyatim bilan bog‘liq. Hammasi koronavirus pandemiyasi tufayli. U tugamaguncha va hayot butunlay normallashgunga qadar men ijro etmayman”, — deydi qo‘shiqchi.

Tarkan Turkiyada “Pop shahzodasi” sifatida taniqli bo‘lib, konsertlar paytida o‘zining shoulari bilan millionlab muxlislar orttirgan. Xonanda 19 million nusxada sotilgan platina albomlarini chiqargan.

Kiritildi: 22:20 25.05.2021. O'qildi: 8339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!