Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Tarixdagi eng xotinboz hukmdor kim?

A A A
Tarixdagi eng xotinboz hukmdor kim?

U Usmoniylar sulolasi yaralgandan beri ayol zotiga o‘ch bo‘lgan ilk sulton edi. Ismi Murod. Sulaymonshohning nabirasi, tarixda piyonista shoh degan nomga ega bo‘lgan sulton Salim II va Nurbonuning zurriyodi. Tarixiy ma’lumotlarda ta’kidlanishicha, Murod hayoti davomida turli kanizaklardan jami 130 nafar farzand ko‘rgan. Lekin bu farzandlarning tarixi haqida to‘liq ma’lumot bizgacha yetib kelmagan.

Shunisi ma’lumki, sulton Salim II ning o‘limidan so‘ng usmoniylar taxtini egallagan Murod yangi yerlarni bosib olish uchun shaxsan o‘zi armiyaga bosh bo‘lib bormagan. Bu vazifani bosh vazir va generallar zimmasiga yuklagan. Uni faqat va faqat ayollar, haramdagi eng go‘zal, suluv kanizaklargina qiziqtirgan. Onasi Nurbonu esa o‘g‘lini kanizaklardan juda qizg‘onardi. Ayniqsa, Murodning suyuklisi, keyinchalik Ko‘sem sulton bilan yovlashishgacha borgan, Ahmadshohning buvisi Sofiyani ko‘rishga ko‘zi yo‘q edi. Sofiya ham aksiga olgandek, Murodga jonini berishga-da tayyor turardi. Sulton Murodni shu qadar qattiq sevib qolgandi.

Sofiya hayotiga kirib kelgach, Murodni boshqa kanizaklar deyarli qiziqtirmay qo‘ydi. Sofiya unga qator-qator o‘g‘illarni tug‘ib berdi. Afsuski, bu farzandlar hali chaqaloqligidayoq o‘lim topishgan. Mana shu narsa Murodning volidasi Nurbonu sultonga dastak bo‘ldi.

Nurbonu Sofiyadan qutulish uchun o‘g‘liga saralangan, tanlangan, sinalgan, husnda tengsiz kanizaklarni yo‘llay boshladi. Xuddi shu ishi natija berdi. Huriliqolar qurshovida qolib, sulton Murod suyuklisi Sofiyani eslamay qo‘ydi. Sofiya Murodning e’tiborsizligidan kuyar, tunlari qon yig‘lab chiqardi. Baxtga qarshi kuyishlari ish bermadi. Murod tobora undan uzoqlasha bordi.

Natija qanday bo‘ldi?.. Tarixchilarning yozib qoldirishlaricha, sulton Murodning kanizaklardan ko‘rgan farzandlari soni 130 taga yetdi. Biroq ular haqida tarixiy manbalarda umuman so‘z yuritilmagan. Shunisi ma’lumki, Sofiya bora-bora erini, suyuklisi sulton Murodni kanizaklarga rashk qilmay ham qo‘ydi. Muhabbati so‘ndi hisob. Endi u davlat boshqaruvi, siyosatga berildi. Xuddi o‘sha davrni tarixchilar usmoniylar imperiyasining ayollar boshqaruvidagi davri sifatida e’tirof etishgan.

 yandex. ru

Kiritildi: 05:21 08.06.2018. O'qildi: 46342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!