Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tarixdagi eng yengiltak malika kimligini bilasizmi?

A A A
Tarixdagi eng yengiltak malika kimligini bilasizmi?

Uni Esma sulton deb atashardi. Tarix zarvaraqlarida bu ayol imperiyaning o‘ta yengiltabiat, qaysar, shafqatsiz, hayosiz sultoni sifatida tilga olingan. Onasi usmoniylarning navbatdagi shohi Abdul-Azizga kanizak edi. 1781 yili Abdul-Aziz olamdan o‘tgach, ona uch yashar qizi Esma bilan yangi shoh Abdulhamid II ning haramiga o‘tkazildi.

Haramda yashash juda og‘ir edi. Haram ahli o‘rtasidagi yovlashishlar, podshohning e’tiborini tortish yo‘lidagi keskin tafovut, kurash Esmaga katta maktab vazifasini o‘tadi. Qiz o‘ziga ishongan, kuchli iroda egasiga aylandi.

15 yoshida Esma sultonni general Mahmud poshshaga nikohlab berishdi. Poshsha Esma sultonga hashamatli Ayub saroyini hadya qildi. Mahmud poshsha bilan Esma sulton 9 yil birga yashadi. Biroq farzandli bo‘lishmadi. Sababi bugungi kungacha ham topilmagan. Esma sultonning o‘zi ham o‘sha davrlarda farzand tug‘ish masalasiga sovuqqon edi.

Mahmud poshsha noma’lum sabablarga ko‘ra olamdan o‘tgach, bevaga aylangan Esma sulton o‘zini muhtasham saroyda juda erkin va baxtli his eta boshladi. Turmush qurishga xohishi bo‘lmadi. Aksincha, o‘z saroyida turli ko‘ngilochar lahzalarni o‘ylab topishga odatlandi.

Esma jazmanlar sonini ko‘paytirdi. Aytishlaricha, jazmanlarini ayol kiyimi kiyishga, keyin sharqona raqslar ijro etishga majburlarkan.

Ha, Esma sulton juda go‘zal va jozibali edi. Shu sababli hech bir erkak u bilan tunashdan bosh torta olmasdi. Nima qilsa ham baribir Esma sari talpinishdan tiyila olmasdi.

Esmaning akasi bor edi. To‘g‘ri, uning ismi-sharifi bugungi kungacha yetib kelmagan. Shunisi ma’lumki, aka singlisi tutayotgan ishdan, zino, nomussizlik, yengiltabiatlikdan ruhan azoblangan. Garchi bu haqda o‘ziga indamasa-da, jazmanlarni birma-bir jazolashga o‘tgan. Shundan keyin jazmanlikka taklif etilgan erkaklar nimanidir bahona qilib bu shahardan uzoq-uzoqlarga qochib ketadigan bo‘lishdi.

Esmaning o‘zi esa jazolanmasdan qolavergan. Sababi, amaldagi podshoh Maxmud II jiyanini yaxshi ko‘rar, har gapning birida o‘g‘il bola bo‘lib tug‘ilmaganidan afsuslanar, agar o‘g‘il bo‘lib tug‘ilsa, undan ajoyib podshoh chiqishini aytib zorlanardi.

Esma sulton 1848 yili olamdan o‘tdi. Afsuski, o‘zidan zurriyod qoldirmadi, hashamatli saroyi esa uzoq yillar xaroba kabi huvillagancha qolib ketdi. Hozir shu saroyda turli nufuzli yig‘inlar, banketlar, to‘ylar tashkil etishadi. Saroyga tashrif buyurgan mehmonlar saroy husnini qayta-qayta tomosha qilib to‘yishmaydi.

zen. yandex. ru

Kiritildi: 06:05 03.06.2018. O'qildi: 15672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!