Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Tarixda eng ko‘p haq to‘langan sportchilar reytingi

Tarixda eng ko‘p haq to‘langan sportchilar reytingi

Sportrico nashri uzoq izlanishlar, insaydlar, matbuotdagi ma’lumotlar asosida tarixda eng ko‘p haq to‘langan sportchilar reytingini tuzib chiqdi.

Unda sportchilarning shu paytgacha ishlab topgan maoshi, reklama shartnomalari va boshqa daromadlari hisoblangan. 1-o‘rinni amerikalik basketbolchi Maykl Jordan egalladi.

Reytingdan 4 nafar futbolchi joy olgan: Krishtianu Ronaldu (5), Lionel Messi (8), Devid Bekhem (12) va Neymar (21).

To‘liq ro‘yxat bilan tanishing:
1. Maykl Jordan (basketbol) – 2,62 mlrd dollar;
2. Tayger Vuds (golf) – 2,1 mlrd;
3. Arnold Palmer (golf) – 1,5 mlrd;
4. Jek Niklaus (golf) – 1,38 mlrd;
5. Krishtianu Ronaldu (futbol) – 1,24 mlrd;
6. Floyd Meyvezer (boks) – 1,2 mlrd;
7. Lebron Jeyms (basketbol) – 1,17 mlrd;
8. Lionel Messi (futbol) – 1,14 mlrd;
9. Mixael Shumaxer (avtopoyga) – 1,13 mlrd;
10. Rojer Federer (tennis) – 1,12 mlrd;
11. Fil Mikelson (golf) – 1,08 mlrd;
12. Devid Bekhem (futbol) – 1,05 mlrd;
13. Kobe Brayant (basketbol) – 930 mln;
14. Shakil O’Nil (basketbol) – 870 mln;
15. Greg Norman (golf) – 815 mln;
16. Mayk Tayson (boks) – 775 mln;
17. Aleks Rodriges (beysbol) – 650 mln;
18. Menni Pakyao (boks) – 630 mln;
19. Kevin Dyurent (basketbol) – 625 mln;
20. Lyuis Hemilton (avtopoyga) – 620 mln;
21. Neymar (futbol) – 615 mln;
22. Jeff Gordon (avtopoyga) – 595 mln;
23. Oskar De La Xoyya (boks) – 580 mln;
24. Peyton Menning (amerikancha futbol) – 570 mln;
25. Derek Jiter (beysbol) – 555 mln.

Kiritildi: 11:34 05.11.2021. O'qildi: 3734 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!