Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Taralmaydigan sochlar sindromi: “Eynshteyn 2.0” (Foto)

A A A
Taralmaydigan sochlar sindromi: “Eynshteyn 2.0” (Foto)

Illinoyslik bu qizaloq “taralmaydigan sochlar sindromi” bilan tug‘ilgan, deya ta’kidlamoqda "Darakchi" nashri.

Bir yarim yashar Teylor Makgouen – bunday xususiyatga ega kamyob bolalardan biridir. Uning sochlari qachon qarama tikkayib, hurpayib turadi. Shuning uchun ham qizcha ko‘pchilikning e’tiborini tortadi.

Teylorning ota-onasi farzandlarining sochini tartibga keltiramiz, deb rosa xunob bo‘lishgan. Ammo hammasi bekor. Alaloqibat, ular qizaloqlarining soch turmagiga ko‘nib, uni “Eynshteyn 2.0” deb atashdi.

Teylor sochsiz tug‘ilganiga qaramay, besh oyligidanoq uning xurpaygan sochlari o‘sa boshlagan. Genetika institutining ma’lumotlariga ko‘ra, bunday turdagi sochga ega bo‘lganlar bor-yo‘g‘i 100 nafar ekan.

Kiritildi: 23:49 27.05.2018. O'qildi: 2387 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!