Taqinchoqlar yasash, gilam, ko‘rpa va yostiq tayyorlash: 100 dan ortiq faoliyat bilan o‘zini o‘zi band qilgan holda shug‘ullanish mumkin
🔰 Aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga quyidagilar ham kiritilgan:
▫️qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar to‘qish;
▫️uy sharoitida loydan tandir tayyorlash;
▫️atlas va adras to‘qish;
▫️mayda munchoq (biser) tikish;
▫️do‘ppido‘zlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash;
▫️temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash;
▫️asalarichilik, shuningdek, asalari uyasi va ramkalarini yasash;
▫️quroqchilik usulida ko‘ylak, ko‘rpa va yopinchiqlar tikish;
▫️qo‘ziqorinlarni terish, uy sharoitlarida yetishtirish va sotish;
▫️pichoq tayyorlash, charxlash va sotish;
▫️qog‘ozdan qutilar, banderollar tayyorlash;
▫️uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish;
▫️tayyor mahsulotga etiketka biriktirish;
▫️uy sharoitida bolalar o‘yinchog‘i ishlab chiqarish;
▫️uy sharoitida supurgi yetishtirish va tayyorlash;
▫️yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash;
▫️milliy taqinchoqlar yasash;
▫️kandakorlik, miskarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash;
▫️dag‘al jundan gilam, ko‘rpa va yostiq tayyorlash.