Xazrati Umar raziyallohu anhu dedilar: "Kimning niyati nafs xohishiga qaramay Haq bilan bog‘liq tursa, Alloh bunday kishini odamlardan himoyalab ko‘yadi. Kim o‘zini aslida o‘zida mavjud bo‘lmagan sifatlar bilan ziynatlab ko‘rsatishga harakat qilsa, Alloh uni badnom qiladi".
Taqdiringizdan rozi bo‘ling!
Chunki yaxshi o‘ylab ko‘rsangiz, nima bo‘lgan bo‘lsa ham, hammasi yaxshilikka bo‘lgan.
Masalan:
Sizni hafa qilishdi – kechirishni o‘rgandingiz...
Qiyin kunlar berildi – sabr qilishni o‘rgandingiz...
Imom Suyutiy rohimahulloh aytdilar:
Yosh bolalarda besh hislat borki agar ular kattalarda bo‘lganida edi avliyo bo‘lar edilar.
1. Rizqi haqida g‘am qilmaydilar.
2. Kasal bo‘lsa Robbisiga shikoyat qilmaydi. Ya’ni, “doim kasal bo‘laman, kasaldan boshim chiqmaydi, qaysi gunohim uchun”, degandek gaplarni aytmaydi.
3. Yolg‘iz ovqatlanishni hush ko‘rmaydilar.
4. Xato qilsalar qo‘rqadilar va yig‘laydilar.
5. Urushsalar gina-kudrat saqlamaydilar darrov yarashib oladilar.
Dard keldi – hamdardlikni o‘rgandingiz...
Sitamlar keldi – bardoshingizni tarbiyaladingiz...
Yomonlar atrofingizda bisyor bo‘ldi, imoningiz charxlandi...
Toshbag‘irlarga ro‘baro‘ bo‘lib – mehr berishni o‘rgandingiz...
Kasal bo‘lib – sog‘liqni qadrini bildingiz...
Musofir bo‘lib – yurtingizni va yaqinlaringizni sog‘inishni o‘rgandingiz...
Yoshlikda uqimay – ulg‘aygach ilmni qadrini o‘rgandingiz...
Faqat sizdan iltimos:
Etim bo‘lmasdan ota-onani qadrlashni va umr tugamasdan har lahzangizni qadrlashni o‘zingiz tezroq o‘rganing!!! Chunki bularni qadrini bilganingizda kech buladi...
Manba: muslim.uz