O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegasiya Dushanbe shahrida “Tojikiston Respublikasi Konstitusiyasiga 30 yil” mavzusidagi xalqaro parlament konferensiyasida ishtirok etdi.
Mazkur xalqaro anjuman parlamentlararo hamkorlik va muloqotni yanada mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, unda konstitusiyaviy-huquqiy islohotlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Shu bilan birga, milliy va jahon konstitusiyaviy taraqqiyotida global jarayonlarning mohiyatini aniqlash hamda jamiyatda konstitusiyaviy qadriyatlarni ilgari surish bo‘yicha o‘zaro tajribalar bilan o‘rtoqlashildi.
Konferensiya doirasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stona aloqalar kengayib borayotgani, shu jumladan, parlamentlararo hamkorlik rivojlanayotgani ta’kidlab o‘tildi.