Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Tanzaniya bayrog‘i ostidagi kema Qora dengizda cho‘kib ketdi

Tanzaniya bayrog‘i ostidagi kema Qora dengizda cho‘kib ketdi

Tanzaniya bayrog‘i tushirilgan kema 18 may kuni Qora dengizda cho‘kib ketgan. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, kema Ruminiyaning Sfintu George shahridan 26 dengiz mili uzoqlikda cho‘kib ketgan. “Mohammad Z” kemasi halokatga uchragani haqida ham birinchi bo‘lib Ruminiya manbalari xabar tarqatgan.

Ruminiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati 18 may kuni tongda halokat signalini qabul qilgach, “Artemis” va “Apollon” nomli kemalarini hududga jo‘natgan. Ikkita dengiz-chegara polisiya kemasi va yaqin atrofdagi ikkita savdo kemasi ham voqea joyiga yo‘l olgan.

Halokatga uchragan kema bortida 11 kishi bo‘lib, ulardan to‘qqiz nafari Suriya fuqarosi va ikki nafari Misr fuqarolari bo‘lgan. Ekipaj a’zolarining sakkiz nafarini Mishel savdo kemasi xodimlari qutqarib qolgan.

“Mohammad-Z” kemasi ekipajining 3 nafar a’zosi bedarak yo‘qolgani xabar qilingan. Qutqaruv guruhlari hududda tekshiruv olib borayotgani bildirilgan.

Kiritildi: 09:20 19.05.2024. O'qildi: 1134 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!