Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Taniqli teleboshlovchi Isroil hujumidan halok bo‘ldi

Taniqli teleboshlovchi Isroil hujumidan halok bo‘ldi

Suriya hukumati seshanbaga o‘tar kechasi Isroilning Damashqqa bergan zarbalari natijasida uch kishi, jumladan, mamlakatning taniqli teleboshlovchisi Safo Ahmad halok bo‘lgani haqida xabar berdi.

« Suriya radio va televideniye bosh boshqarmasi boshlovchi Safo Ahmad Isroilning poytaxt Damashqqa xoin agressiyasi ortidan shahid bo‘lganini e’lon qiladi», — deyiladi CNN xabarida.

Suriya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar bosib olingan Golan tepaliklaridan uchirilgan samolyotlar va uchuvchisiz qurilmalar yordamida amalga oshirilgan.

«Bizning havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz tajovuzkorning raketalari va dronlarining aksariyatini urib tushirdi», — deyiladi Suriya rasmiylari xabarida.

Rasmiylarga ko‘ra, to‘qqiz kishi jarohatlangan.

Isroil armiyasi CNN telekanaliga xabarlariga izoh berishni istamagan.

Eslatib o‘tamiz, Isroil ushbu kechada Livan hududiga quruqlikdan bostirib kirdi.

Kiritildi: 09:42 01.10.2024. O'qildi: 1270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!