Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Taniqli rejissyor faqat yarim tunda ko‘riladigan serial ishlamoqchi

Taniqli rejissyor faqat yarim tunda ko‘riladigan serial ishlamoqchi

Mashhur rejissyor, ssenarist va prodyuser Stiven Spilberg faqat tunda ko‘riladigan xorror-serial ishlamoqchiligini bildirdi. Bu haqda "Minbar" yozmoqda.

Yangi loyiha 10 yoki 12 qismdan iborat bo‘ladi va Quibi mobil dasturi orqali taqdim etiladi.

«Spilberg mening oldimga keldi va “Menda qo‘rqinchli va kutilmagan syujet bor, shuni serialga aylantirishni xohlayman” dedi. Uning aytishicha, besh-olti qismini yozib tayyorlab qo‘ygan», – deydi Quibi asoschisi Jeffri Katsenberg.

Serialning xomaki nomi: «Spilberg zulmatdan keyin».

Serial syujeti oshkor qilinmaydi, Spilbergning rejasi bo‘yicha serial faqat yarim kechadan so‘ng namoyish etiladi.

Mobil qurilma foydalanuvchi joylashgan vaqt zonasini hisobga oladi va quyosh chiqishi bilan serial namoyishi to‘xtatiladi.

Quibi – qisqa videolarni (7 daqiqadan 10 daqiqagacha) namoyish qilishga mo‘ljallangan mobil qurilmalar uchun striming dasturi hisoblanadi. «Quibi»ning ishga tushirilishi 2020 yil 6 aprelga mo‘ljallangan. Investorlar loyihaga 1 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ sarflashgan. Ushbu xizmatga obuna narxi – 4,99 dollar.

Kiritildi: 10:26 13.06.2019. O'qildi: 3924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!