Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Taniqli bloger yana bir shubhali investor haqida bong urmoqda

Taniqli bloger yana bir shubhali investor haqida bong urmoqda

Telegram tarmog‘ida “davletovuz” kanali juda mashhur. Mazkur kanalda bloger Toshkent shahridagi (aytish kerakki navbatdagi) shubhali loyiha va investor haqida maqola e’lon qildi. 
Hukumat qarori bilan poytaxt markazidagi bir burda yer — Shahrisabz, Istiqlol ko‘chalari va Amir Temur prospekti tutashgan 2,5 gektarlik yer turkiyalik hamda mahalliy investorlarga imtiyozli asosda berilmoqda. Hozirgacha bu yerda stoyanka bo‘lar edi.  

Turkiyaning Taşkent Merkez Park Gayrimenkul Yatirim Anonim Şirketi va O‘zbekistonning UzTur Investment and Development kompaniyalari mazkur joyda “Tashkent Central Park” ko‘p tarmoqli kompleksini quradi. Demak, u yerda investorlar 2019—2020 yillarda besh yulduzli mehmonxona, savdo-ko‘ngilochar markaz, tijorat banki uchun ma’muriy binolar hamda boshqa inshootlar qurish majburiyatini olgan. Investorlar ham, pudratchilar ham 2022 yilning 1 yanvariga qadar (qiziq, qurilish 2019—2020 yillarda bajarilishi kerak bo‘lsa) asosiy soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan.

Taşkent Merkez Park Gayrimenkul Yatirim Anonim Şirketi (agar internet saytlariga ishonadigan bo‘lsak) 2018 yilning 12 sentyabrida tashkil topgan. Kompaniya asosan qurilish va ko‘chmas mulk bozorida ishlashini ma’lum qilgan. 3 oylik kompaniyaga buncha ishonch qayerdan paydo bo‘layapti?

P.S.:  Investor kelishiga, uning ish o‘rinlarini yaratishga bo‘lgan sa’y-harakatlarini faqat va faqat olqishlash mumkin. Ammo bir-ikkita savollar ham yo‘q emas. 

Birinchidan, nega soliq va bojxona imtiyozlari shu kunlarda  jamoatchilik muhokamasida turgan hamda individual soliq imtiyozlarini istisno etadigan Soliq kodeksiga parallel ravishda berilayapti? Davlat boshqaruvida bir liniyadagi falsafa yo‘qmi?
  
Vaholanki, Prezidentning 31 maydagi qarori bilan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan beriladi.

Vaqtinchalik imtiyozlar ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi. 

Imtiyozlar berishga, bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar ro‘yxatlarini tasdiqlashga doir hukumat va idoraviy qarorlarni qabul qilish taqiqlanadi. 

Ikkinchisi, qurilish uchun tanlangan joy oltinga teng. U joyda nimadir qurishga O‘zbekistonning istalgan milliarderi imtiyozsiz ham ko‘nadi. Nega boshqa tumanlarda, iloji bo‘lsa, shahar chekkasida bunday joylar tanlaymaydi va imtiyozli asosda berilmaydi? Nega faqat shahar markaziga yopishib qolinmoqda?”

Oradan bir yil o‘tib Toshkentning qoq markazi transport vositalari uchun yopildi. 

Kiritildi: 17:02 04.12.2019. O'qildi: 3940 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!