Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Taniqli advokat Umid Davlatov vafot etdi

A A A
Taniqli advokat Umid Davlatov vafot etdi

Ko‘plab shov-shuvli ishlarda advokatlik qilgan huquqshunos Umid Davlatov vafot etdi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, o‘limning sababi noma’lum. Ijtimoiy tarmoqlarda advokat qon bosimi ko‘tarilib ketishi oqibatida vafot etgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Shuningdek, marhumni tanigan foydalanuvchilarning yozishicha, ayni damda o‘lim sababini aniqlash maqsadida tibbiy ekspertiza o‘tkazilmoqda.

Umid Davlatov ko‘plab shov-shuvli sud ishlarida advokatlik qilgan. Xususan, bloger Otabek Sattoriyning adkovati sifatida sudda uning huquqlarini himoya qilgan. Davlatov xorazmlik bloger va huquq faoli Nafosat Olloshukurova ishida ham advokat sifatida ishlagan.

Kiritildi: 23:23 01.09.2022. O'qildi: 4929 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!