O‘zbekiston Respublikasida talabalarga ta’lim kreditlarini berish masalasi “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida”gi nizom bilan tartibga solinadi. Adliya vazirilig Matbuot xizmati xabar berdi.
Nizomga muvofiq ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarning o‘qishi uchun talabalarning o‘zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga berilishi mumkin.
Ta’lim kreditlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘qish davri hisobga olingan holda, bakalavriatga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha, magistraturaga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 5 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tash davri bu muddatga kirmaydi.
Tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari bo‘yicha:
Bunda kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan talabalar uchun kredit bo‘yicha qo‘shilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lanadi. Kam ta’minlangan oilalar toifasi mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan aniqlanadi.
Ta’lim kreditlari uchun foizlarni hisoblash va to‘lash ta’lim muassasasiga o‘tkazilgan summa berilgan vaqtdan, asosiy qarzni qaytarish esa talaba tomonidan oliy ta’lim muassasasida o‘qishning ta’limning ushbu turi uchun rasmiy belgilangan muddati tugallangandan keyin uch oy o‘tgach boshlanadi.
Ta’lim kreditlari qarz oluvchi yashaydigan aholi punktida joylashgan tijorat banklari muassasalari tomonidan beriladi.
Ta’lim kreditini olish uchun qarz oluvchi tijorat bankiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Qarz oluvchi yuqoridagi hujjatlarni bankka taqdim etish bilan ayni bir vaqtda pasportini shaxsan ko‘rsatadi. Bank pasportdan va taqdim etilgan boshqa hujjatlardan zarur ko‘chirmalar va nusxalar olishga haqlidir.
Olingan kredit qaytarilmasligi xavfini oldini olish maqsadida qarz oluvchi quyidagi ta’minlash shakllaridan birini bankka taqdim etish lozim, uning amalga oshirilishi unga qo‘yilgan asosiy talab hisoblanadi:
Ta’lim kreditlari bo‘yicha mablag‘lar kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda har yarim yilda o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini ikki teng qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Bunda yangidan qabul qilingan talabalar uchun birinchi yarim yillikda o‘qiganlik uchun boshlang‘ich to‘lov joriy yilning 1 oktyabrigacha, ikkinchi yarim yillik uchun — navbatdagi kalendar yilning 15 martigacha to‘lanadi.
O‘qishning ikkinchi yilidan boshlab kredit hisobiga to‘lovlar har yarim yillik birinchi oyi (sentyabr va mart)ning 5-kunidan kechiktirilmay to‘lanadi.
Agar talaba o‘qish davri tugamasdan talabalar safidan o‘chirilsa, ta’lim muassasasi rahbariyati rektorning buyrug‘i chiqqan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida bu haqda bankka xabar berishi kerak, qarz oluvchi esa o‘z navbatida uch oy muddatda ta’lim krediti va unga qo‘shilgan foizlar bo‘yicha qarzlarni to‘liq qaytarishi lozim.
Talabaning talaba safidan chiqarilishi oliy ta’lim muassasasi tomonidan bankka o‘z vaqtida ma’lum qilinmagan taqdirda, ta’lim muassasasi ushbu davr uchun hisoblangan foizlarni bankka to‘lashga majbur.
Qalampir.uz