Hukumat qaroriga ko‘ra, bakalavriatning 2-kurs va undan yuqori talabalari uchun ish beruvchilar tomonidan kontrakt puli to‘lab berilib, o‘qishdan so‘ng ishga qabul qilish amaliyoti joriy etiladi.
🔹 ishchilar soni 50 nafardan ortiq yoki qiymati kamida 1 mln dollarlik loyihasi bor tashkilotlar buyurtmachi bo‘lishi mumkin;
🔹 talabalar 20 sentyabrgacha elektron ariza topshiradi;
🔹 GPA 3 va undan yuqori bo‘lishi shart;
🔹 tanlov suhbat asosida, 15 oktyabrgacha o‘tkaziladi;
🔹 3 tomonlama shartnoma asosida o‘qigan talabalar bitirgandan so‘ng ishga joylashtiriladi.