“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki ta’til mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar e’lon qildi.
Barcha mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarining temir yo‘l hujjatining to‘liq qiymatidan 50% chegirma (SV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlaridan tashqari) 2025 yil 18 dekabrdan 2026 yil 12 yanvarga qadar amal qiladi.
Chiptalarni elektron xarid qilishda siz eticket.railway.uz sayti hamda Android va iOS ilovalaridan foydalanish mumkin.