Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Talaba energetik ichimlikni haddan ziyod iste’mol qilishning dahshatli oqibatlarini ko‘rsatdi

Talaba energetik ichimlikni haddan ziyod iste’mol qilishning dahshatli oqibatlarini ko‘rsatdi

Energetik ichimliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilishi tufayli britaniyalik talabaning to‘rtta old tishi sinib tushdi va qolganlari esa jiddiy ravishda jarohatlandi, deb yozadi Daily Mail.

Nashrning ma’lum qilishicha, talaba haftasiga 45 dona zararli ichimlikni iste’mol qilgan. Bu kuniga taxminan uch litr ichimlik iste’mol qilish degani. U ichimlik yordamida kollejda yaxshi o‘qish maqsadida tetik va faol bo‘lishni xohlagan.

Qayd etilishicha, yetti oy o‘tgach talaba olma tishlamoqchi bo‘lganida uning to‘rtta old tishlari to‘satdan sinib tushadi. Stomatolog huzurida uning barcha tishlari jarohatlangani ma’lum bo‘ladi. Endilikda qolgan tishlarini zudlik bilan davolashga to‘g‘ri keladi. Aks holda ulardan ajralib qolishi mumkin.

Xabarda keltirilishicha, ushbu ko‘ngilsizlikning sababi energetik ichimliklardagi me’yoridan ortiq shakar borligi. Xususan, 0,5 hajmli energetik ichimlik shishasida o‘rtacha 54 gramm shakar mavjud. Ammo inson organizmi uchun kundalik me’yor 30 grammni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida gi qonun prezident tomonidan imzolangan edi. Qonunga muvofiq, energetik ichimliklarni o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga sotish taqiqlanadi va ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Kiritildi: 10:29 15.02.2019. O'qildi: 1908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!