Tailand poytaxtida kuchli yomg‘irlar tufayli favqulodda holat e’lon qilindi.
So‘nggi 48 soat ichida Bangkokda qariyb 300 mm yog‘ingarchilik kuzatildi. Kanallar to‘lib-toshdi, yo‘llar, uylar va restoranlarni suv bosib ketdi. Yomg‘irlar davom etmoqda, nasos stansiyalari esa suvni tortib olishga ulgurmayapti.
Hukumat mamlakatning markaziy, sharqiy va shimoli-sharqiy hududlarida yangi suv toshqinlari hamda yer ko‘chkisi xavfidan ogohlantirmoqda. Shuningdek, rasmiylar aholini avtomobillarini balandroq joylarga olib chiqishga chaqirmoqda.