Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tailandda 36 kundan beri aholi orasida koronavirus aniqlanmayapti

Tailandda 36 kundan beri aholi orasida koronavirus aniqlanmayapti

Tailandda 30 iyun kuni xorijdan kelgan ikki kishining koronavirusga chalingani aniqlandi. Bu mamlakatda 36 kundan beri aholi orasida yangi kasallanish hollari kuzatilmayapti.

Tailandagi COVID-19ga qarshi kurash markazining matbuot kotibi Panprapa Yongtrakulning ma’lum qilishicha, yangi kasallangan ikki kishi Qatardan kelgan fuqarolar bo‘lib,ular mamlakatga kirganidan keyin karantinga olingan.

Hozirgacha Tailandda 3171 kishi koronavirus bilan kasallandi va ularning 58 tasi vafot etdi. Bugundan boshlab Tailandda maktablar va barlar ochiladi hamda ba’zi xorij davlatlari fuqarolarining mamlakatga kirishlariga ruxsat beriladi.

Kiritildi: 04:30 02.07.2020. O'qildi: 1613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!