Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Tadbirkorning qing‘ir “tadbirkorligi”

A A A
Tadbirkorning qing‘ir “tadbirkorligi”
Olmaliq shahrida fuqaro E.F. rahbarligidagi mas’uliyati cheklangan jamiyat hududi belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida bu yerda 90 tup “kannabis” (nasha) giyohvand o‘simligi yetishtirilayotgani aniqlandi.
 
Respublikamiz bojxonachilari tomonidan narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonun buzilishlariga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida giyohvand o‘simliklarning yetishtirilayotgani fosh qilindi.
 
Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, Olmaliq shahrida fuqaro E.F. rahbarligidagi ma’suliyati cheklangan jamiyat hududi belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida bu yerda 90 tup “kannabis” (nasha) giyohvand o‘simligi yetishtirilayotgani aniqlandi.
 
Boshqarmaning Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishlariga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan esa O‘rtachirchiq tumanida narkotik moddalarning yashirin savdosiga chek qo‘yildi.
 
Tezkor tadbir davomida, ushbu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro T.S. qog‘oz bo‘lakchalaridan tayyorlangan 40 dona o‘ramga 143,57 gramm og‘irlikdagi “marixuana” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida fosh qilindi. Shundan so‘ng, ushbu shaxsning xonadoni xolislar ishtirokida va belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, 3 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligi va 52,5 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
 
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Manba: uza.uz
Kiritildi: 12:01 29.08.2018. O'qildi: 4209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik