Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlar bartaraf etiladi

 Tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlar bartaraf etiladi

📷 Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan bosqichma-bosqich nazorat qiluvchi organlar tomonidan ushbu Farmonda ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkaziladigan tekshiruvlar bodi-kameradan foydalangan holda amalga oshiriladi.

✅ 2026 yil 1 yanvardan:

🔸 import qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining 9 oy (go‘sht va ho‘l meva-sabzavotlarning 3 oy) davomida sotilmaganligi va qiymati BHMning 500 baravaridan ortiq bo‘lgan ushbu mahsulotlar qoldiqda turganligi holati sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun asos hisoblanadi;

🔸 ko‘chmas mulk ob’ektlari va qurilish materiallari bo‘yicha soliq bazasi ushbu tovarlarning bozor bahosidan kelib chiqib aniqlanadi;

🔸 O‘zbekiston hududida jismoniy shaxslarga elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatuvchi va tovarlar sotuvchi chet el yuridik shaxslari soliq organida ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgani aniqlanib, ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida xabarnoma yuborilgandan keyin 30 kun ichida ro‘yxatdan o‘tmaganda, ushbu yuridik shaxslarning O‘zbekistondagi faoliyati cheklanadi;

🔸 kameral soliq tekshiruvini o‘tkazishda soliq organlari aniqlagan tafovutni asoslash uchun soliq to‘lovchilar tomonidan qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilganda soliq organlari tomonidan ularning ko‘rib chiqilishi majburiy hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 16:54. O'qildi: 253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!