Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Tadbirkorlar faoliyati behuda tekshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

A A A
Tadbirkorlar faoliyati behuda tekshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Bosh prokuratura tadbirkorlar faoliyatida o‘tkazilayotgan tekshirishlarni muvofiqlashtiradi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Prezidentning 2018 yil 27 iyuldagi “Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq 2018 yil 1 sentyabrdan:

• tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshiruvlar hamda nazorat tartibidagi tekshiruvlar bekor qilinadi;

• tadbirkorlarni tekshirish tashabbusi bilan chiqish “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi;

• Bosh prokuratura tadbirkorlar faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtiradi;

• barcha tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinadi;

• tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinmagan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi.

Kiritildi: 10:34 29.07.2018. O'qildi: 1248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik