Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Tadbirkordan “to‘yona” olgan soliqchi javobgarlikka tortildi

Tadbirkordan “to‘yona” olgan soliqchi javobgarlikka tortildi

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani davlat soliq tizimidan 1999 yildan beri ishlab kelgan uchastka inspektor I.A. poraxo‘rlik uchun jazoga tortildi (“Huquq” gazetasi, 2020 yil 21-son).

Bu haqda tuman prokurori Tog‘murod Murodov xabar qilgan. Qayd etilishicha, soliq xodimi to‘y boshlab qo‘yganini aytib, o‘ziga biriktirilgan hududda g‘isht ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor O.Toshevdan pora talab qilgan. Buning evaziga tadbirkorning biznesida yordam va’da qilgan. Soliq inspektori “to‘yona” olayotganda ushlangan. Pora miqdori ochiqlanmagan. Qayd etilishicha, nafsini tiya olmagan soliq inspektoriga 3,6 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Matbuot xabariga ko‘ra, joriy hafta prokuratura huzuridagi departament tomonidan Andijon tumani davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i J.Q.ga nisbatan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. DSI bo‘lim boshlig‘i jismoniy shaxslardan olingan daromad solig‘ining ortiqchasini qaytarish yuzasidan soxta xulosalar tuzib, 106,7 mln so‘m mablag‘ni qarindoshi U.Q. va tuman DSI xodimi R.O. nomlariga ochilgan plastik kartalarga o‘tkazib o‘zlashtirgan.

Kiritildi: 20:24 05.06.2020. O'qildi: 2831 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!