Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tadbirkor manfaati ustuvor

Tadbirkor manfaati ustuvor

Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Vakil devonining Toshkent viloyati hududiy sho‘’basi tomonidan 2025 yil davomida tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklash, davlat organlari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash hamda asossiz ta’sir choralarining oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, yil mobaynida vakolat doirasida Davlat va nazorat organlari va ularning mansabdor shaxslariga nisbatan 260 dan ziyod ta’sir choralari ko‘rilishi ta’minlandi.

Xususan, o‘tkazilgan o‘rganishlar va tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni yuzaga keltiruvchi omillarni tahlil etish natijasida 34 nafar Davlat organlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aybdorlarga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha bo‘yicha taqdimnoma, 3 ta ogohnoma va qabul qilingan qarorlarni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha 3 ta xulosa kiritildi.

Kiritilgan taqdimnomalar bo‘yicha qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan 30 dan ziyod mansabdor shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Bundan tashqari, tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarini buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan 220 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlandi.

Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Vakil devoni tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur ishlar tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, davlat organlari va tadbirkorlar o‘rtasida qonuniy va ochiq munosabatlarni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:23. O'qildi: 214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!