Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navbahor tuman bo‘limi tomonidan IIB va gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M-R.” MCHJ mas’ul shaxslari MCHJ noturar binosini umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 155,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Bekobod va Ohangaron shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar T.X. va J.A. o‘z uylarida tashkil etgan issiqxonalarda yasama isitish qozonlarini gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 248,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:33 22.04.2024. O'qildi: 721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!