Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tabiiy boyliklardan ruxsatsiz foydalanmang

A A A
Tabiiy boyliklardan ruxsatsiz foydalanmang

Er osti va yer usti qazilma boyliklaridan noqonuniy foydalanish holatlari hozirgi kunda aholi orasida ko‘plab uchramoqda.

Qashqadaryo viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Qarshi tumani bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan navbatdagi ekoligik nazorat reyd tadbiri davomida Qashqadaryo daryosining muhofaza hududidan fuqaro D.O. tomonidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasini ruxsatsiz qo‘l kuchi yordamida yuklab olib ketayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlangan holat bo‘yicha huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK-ning 70-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylasjhtirilib, 3 mln 400 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi. Qazib olingan qum-shag‘al qaytarib joyiga to‘ktirildi.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kiritildi: 15:35 19.02.2024. O'qildi: 1093 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik