Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etganlar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi

A A A
Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etganlar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi

Qonunchilikka ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi tartibi belgilangan:

➖tijorat banklari kreditlarining garov ta’minoti 50 foizgacha, biroq 2,5 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kafilligi asosida ta’minlanadi;

➖tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Jamg‘arma hisobidan kompensasiya taqdim etiladi.

Kiritildi: 17:37 17.02.2024. O'qildi: 1098 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!