Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Surxondaryoning «Ibratli sudya» mukofoti bilan taqdirlangan sudyasi pora bilan qo‘lga tushdi

Surxondaryoning «Ibratli sudya» mukofoti bilan taqdirlangan sudyasi pora bilan qo‘lga tushdi

Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudi sudyasi 3 ming AQSh dollari miqdoridagi pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Qayd qilinishicha, ushbu sudya «o‘tgan yillarda ibratli sudya tanlovlarida g‘olib bo‘lgan nufuzli shaxslardan biri edi».

Xabarda uning ismi sharifi keltirilmagan. Shuningdek, hozircha holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirilmadi.

«Ibratli sudya» mukofoti 2020 yilda joriy etilgan bo‘lib, u bilan odil sudlovni amalga oshirishda samarali faoliyat yuritgan sudyalar taqdirlanadi.

Kiritildi: 23:46 25.07.2024. O'qildi: 5134 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!